Toshkentning “Lokomotiv” klubi uy stadioni hududida namoz o‘qish uchun joy tayyorladi. Bu haqda klub Matbuot xizmati xabar bermoqda.
16 may kuni Islom dinining muborak Ramazon oyi kirib kelmoqda. Shu munosabat bilan “Lokomotiv” stadioniga tashrif buyurgan futbol muxlislari 4-sektor oldida ajratilgan joyda namoz ibodatlarini bajarishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, stadionda tahorat olish xonalari ham tashkil etib beriladi.
Eslatib o‘tamiz, “Lokomotiv” – “Buxoro” uchrashuviga kirish bepul. Chiptalar “Lokomotiv” stadioni kassalarida tarqatiladi. O‘yin ertaga, 11 may kuni soat 20:30 da boshlanadi.