Bilasizmi?

O‘zbekistondagi ilk pulli trassa Toshkent va Samarqandni bog‘laydi

O‘zbekistonda ilk pulli avtomobil trassasi Toshkent va Samarqand o‘rtasida qurilishi mumkin. 8 sentyabr kuni O‘zbekiston davlat investitsiya qo‘mitasida qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov boshchiligida "Cengiz – Kolin — Kalyon" kompaniyalar konsorsiumi bilan birinchi ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

Uchrashuvda davlat-sherikchilik asosida Toshkent - Samarqand marshruti bo‘yicha yo‘l qurilishi loyihasini hayotga tatbiq etish bo‘yicha masalalar muhokama qilingan.

Turk pudratchilari tomonidan qayd etilishicha, ushbu loyiha amalga oshirilsa Toshkentdan Samarqandgacha bo‘lgan masofani 2 soat ichida bosib o‘tish mumkin bo‘ladi.

Qurilish ishlarini 2019—2020 yillarda amalga oshirish rejalashtirilgan.