Bilasizmi?

O‘zbekistonda Uzcard to‘liq ishlay boshladi

O‘zbekistonda bir sutkadan ortiq ishlamay qolgan Uzcard tizimi to‘liq ishlay boshladi.

Bugun, 17 sentyabr soat 8:00 atrofida tizimning qisman ishlay boshlagani haqida xabar berilgan edi.

Endilikda Uzcard orqali onlayn to‘lovlarni amalga oshirish, kartadan kartaga pul o‘tkazish kabi turli operatsiyalarni bajarish mumkin.

Avvalroq, Yagona umumrespublika protsessing markazi (YaUPM) bosh direktori Ahror Mahmudov Uzcard tizimi yaqin soatlar ichida ishlay boshlashini ma’lum qilgan edi.

Markaziy bank vakillarining ma’lum qilishicha, Uzcard faoliyatida yuz bergan muammo e’tiborsiz qoldirilmaydi. Qonunchilikka o‘zgarishlar kiritiladi.