Vazirlar Mahkamasining qarori bilan hukumatning “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb yozadi Kun.uz.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar:
1. 1-ilovada:
a) 25-bandga (Sotuvchi-xodim xaridorga zarur sifatga ega bo‘lgan tovarni idishda va (yoki) o‘ralgan holda, muayyan to‘plamda (tovarlar komplekti) va komplektlilikda tovarga tegishli bo‘lgan hujjatlar va anjomlar bilan birga berishi kerak) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shildi:
“Polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning qiymatini O‘zbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar qiymatiga qo‘shish, shuningdek, ularni uz tannarxidan past narxlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno) taqiqlanadi”;
b) 163-bandga quyidagi mazmundagi so‘zlar qo‘shildi:
“(alohida polimer plyonkali paketlarga o‘rash (joylash) bundan mustasno)?’;
v) 189-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shildi:
“polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning qiymatini O‘zbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar qiymatiga qo‘shish, shuningdek, ularni o‘z tannarxidan past narxlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno)”;
g) 190-bandga quyidagi mazmundagi o‘n birinchi xatboshi qo‘shildi:
“polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning qiymatini O‘zbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar qiymatiga qo‘shish, shuningdek, ularni o‘z tannarxidan past narxlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno)”;
o‘n birinchi xatboshi o‘n ikkinchi xatboshi deb hisoblanadi.
2. 2-ilovada:
a) 19-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shildi:
“Polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning qiymatini O‘zbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar qiymatiga qo‘shish, shuningdek, ularni o‘z tannarxidan past narxlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno) taqiqlanadi”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblanadi;
b) 25-bandga kuyidagi mazmundagi xatboshi bilan qo‘shiladi:
“polimer plyonkali paketlarni bepul berish, ularning qiymatini O‘zbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovarlar qiymatiga qo‘shish, shuningdek, ularni o‘z tannarxidan past narxlarda sotish (tutqichsiz va tovarlarning ajralmas qismi hisoblangan paketlar bundan mustasno)”.
Ushbu qaror 2019 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.