O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 may kungi PP-3696 raqamli «Ichki bozorni sement bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori e’lon qilindi, deb yozadi Norma.
Monopol korxonalarga fuqarolar uchun arzon turar joy, ijtimoiy soha ob’yektlari, transport infratuzilmalari va suv xo‘jaligi ob’yektlarini markazlashtirilgan manbalar hisobidan qurilishni amalga oshirayotgan pudrat tashkilotlariga ikki tomonlama shartnomalar asosida 2 million tonna hajmida sement sotishga ruxsat berildi.
Bunda bir tonna sement narxi 367 ming so‘m, oldindan to‘lov esa 100 foizni tashkil etadi.
Shuningdek, sement va klinker ishlab chiqaruvchilarga olingan daromad ustama foyda deb tan olinuvchi chegara oshirildi.