Bilasizmi?

O‘zbekistonda dollar narxi oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017 yil 2 maydan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi, deb yozmoqda Sof.uz.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 3734 so‘mu 91 tiyin etib belgilandi. O‘tgan haftada dollarning davlat kursi 3623,07 so‘mni tashkil qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.