O‘zbekiston va AQSh Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonga tashrifi chog‘ida 4 milliard dollarga bitim imzolash niyatida. Bu haqida Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm xabar bermoqda.
U «O‘zbekiston 24» telekanaliga ma’lum qilishicha, bitimlar savdo, tijorat, investitsiya sohalarida tuziladi.
Lemm ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning eng istiqbolli yo‘nalishlari, xususan, neft-gaz tarmog‘i va rangli metallurgiya ekanligini aytdi.
Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi 15—17 mayga mo‘ljallangan, tomonlar bir qator hujjatlarni imzolashni rejalashtirmoqda.