Bilasizmi?

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Tojikistonga ketayotgan fuqarolarni ogohlantirdi

Tojikiston Respublikasining 2018-yil 2-yanvardagi 1471-sonli “Chet el fuqarolarining va fuqaroligi yo‘q shaxslarning Tojikiston Respublikasida xukukiy maqomi” to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq,  chet elliklar,  shu jumladan O‘zbekiston fuqarolari ham Tojikiston Respublikasi davlat chegarasini kesib o‘tgan kundan boshlab 3 (uch) ish kuni mobaynida ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Bu haqda  Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Tojikiston hududida o‘rnatilgan tartiblarga rioya qilmagan shaxslarga nisbatan Tojikiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan 4000 somonidan 4500 somonigacha miqdorida jarima jazosi qo‘llaniladi.

Batafsil ma’lumotni O‘zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi Elchixonasi rasmiy veb-sahifasidan (www.tadjikistan.mfa.uz) yoki Elchixonaning konsullik bo‘limiga quyidagi telefon orqali murojaat qilib olish mumkin:  +992 (37) 224- 75-42.