"O‘zagroeksport" Surxondaryo viloyatining dehqon va fermerlik xo‘jaliklaridan piyozni foydali narxda — bir kilogramm piyozni 1200 so‘mdan sotib olishni boshladi.
Bunday narxda fermerlarga o‘z harajatlarini qoplashga yordam beradi. Piyoz 30 kilogrammgacha bo‘lgan qoplarda sotib olinadi.
Piyozning kilosi o‘rtacha ishlab chiqarish narxi 590 so‘mni tashkil qilib, eksportga jo‘natiladi. Eksport jo‘natmalari "Uzagro" milliy brendi ostida amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili meva-sabzavotlarni eksporti uchun yagona — "Uzagro" brendi ishlab chiqilgandi. Ushbu brend dunyoning istalgan nuqtasiga yetkazib berilayotgan mahsulotlarning yuqori sifatli ekanligining kafolati bo‘ladi. Respublikada yetishtirilayotgan barcha meva-sabzavotlar yagona milliy brend ostida eksport qilinadi.