Bilasizmi?

O‘zbekiston hukumati aholiga oltin yombilar sotib olishiga ruxsat berishi mumkin

Markaziy bank aholining oltin yombilar sotib olishiga ruxsat berishni taklif qildi. Bu Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan prezident qarori loyihasida  nazarda tutilgan.

«Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar» qonuni loyihasi qimmatbaho metallarni nafaqat yuridik shaxslarga, jismoniy shaxslarga ham omonat sifatida saqlashga ruxsat berilishini taklif qiladi.

«Muomalaga chiqarilgan yombilardan jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Resbuplikasi rezidenti bo‘lmaganlar ham sarmoya sifatida foydalanishlari mumkin», — deyiladi hujjatda.

Yombilarni so‘mga sotish ko‘zda tutilgan. Hozir O‘zbekistonda faqat sanoqli yuridik shaxslargina qimmatli metallar muomalasi bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Agar hujjat qabul qilinsa, aholi banklarda o‘z qimmatli metallar hisoblarini ochishlari mumkin bo‘ladi.