O‘zbekiston termasi 1−7 iyul kunlari Bangkokda (Tailand) bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida to‘qqizta medal sohibiga aylandi. Unda 23 mamlakatdan 120 nafar bokschi qatnashdi.
Samandar Xolmurodov (49 kg gacha vazn toifasida), Farruh Ilhomov (69 kg gacha), Rajabboy Atanazarov (75 kg gacha), Profsor Rorimsha (91 kg gacha) va Lazizbek Mullajonov (+91 kg) finalda g‘olib bo‘lib, Osiyo chempionlariga aylandi. Gazeta.uz shu haqda yozmoqda.
Lazizbek Mullajonov va Nurdaulet Ulanuli.
Abdumalik Xalakov (52 kg gacha), Bilolbek Mirzarahimov (64 kg gacha) va Timur Ergashev (81 kg gacha) — «kumush», Saidjamshid Jafarov (60 kg gacha) esa bronza medali sohibi bo‘ldi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra O‘zbekiston umumiy hisobda 5 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan birinchi o‘rinni egalladi. Qozog‘iston (2−2−4) va Yaponiya (2−0−1) hisobda keyingi o‘rinlarga sazovor bo‘ldi.