O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi davomida Namangan City loyihasi taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalining «Axborot 24» dasturida ma’lum qilindi, deb yozadi Daryo.uz.
Xabar berishlaricha, loyiha Namangan shahrining Guliston dahasida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Loyihaning boshqa tafsilotlari ma’lum qilinmagan.
«Axborot 24» lavhasida ko‘rsatilgan kadrlarda noodatiy me’moriy yechimdagi ko‘p qavatli binolardan iborat majmuani ko‘rish mumkin.