Bilasizmi?

Mutlaqo rekord: To‘qqizinchi final to‘qqizinchi oltin medal

Toshkent mezbonlik qilgan Osiyo chempionati O‘zbekistonning mutlaq ustunligi bilan kechdi, deb yozmoqda Sof.uz. 10 vazn toifasidagi bahslarda 9ta vazn toifasidagi vakilini finalga olib chiqqan terma jamoa barcha final uchrashuvlarini o‘z foydasiga hal qildi va 9ta oltin medalga ega chiqdi.

+91 kilogramm bo‘lgan vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Bahodir Jalolov qozog‘istonlik Kamishbek Konkabayevga qarshi jangda ustunlik qildi va qit’a birinchiligini chempion sifatida yakunladi.

Shu tariqa to‘qqizinchi oltin medalga ega bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi mutlaq rekord natija ko‘rsatdi.