Jaloliddin Rumiy:
“Faqat yurakdagina eng baland samoviy yuksaklikka ko‘tarilish mumkin”.
Franklin Jones:
“To‘g‘ri, Sevgi olam gardishini aylantirmaydi. Sevgi shu gardish aylanishiga ma’no bag‘ishlaydi”.
Jin Patsl Richer:
“Sevish doimo qo‘lidan keladigan ayol hech qachon keksaymaydi”.
Jeyms Baldvin:
“Sevgining boshi va intihosi biz o‘ylaganchalik emas. Muhabbat bu – kurash. Muhabbat bu – urush! Sevish bu – ulg‘ayish demakdir”.
Antuan de Sent Ekzyuperi:
“Sevgi – bu bir-biriga tikilish emas, bir-birining ichki dunyosini o‘rganishdir”.
Xalil Jubron:
“Sevgi fasllar almashinuviga bo‘ysunmay unuvchi va g‘uncha tugadigan yagona guldir”.
Van Gog:
“Xudoni anglashning eng yaxshi yo‘li uning – bandalarini sevishdir”.
Fransiz de La Rochfokold:
“Yo‘qlik sevgini zaiflashtirib, ishonch, sadoqat kabi undan-da buyuk tuyg‘ularning paydo bo‘lishiga xizmat qiladi. Xuddi qandilni o‘chirgan shamol gulxanni alanga oldirgandek”.
Karen Sunde:
“Sevish – bir zumga bo‘lsa-da jannatiy halovatga erishish demakdir”.
Antuan de Sent Ekzyuperi:
“Haqiqiy sevgi beminnat qayg‘urish boshlangan daqiqadan tug‘iladi”.
Fransiz de La Rochfokold:
“Chin muhabbat g‘iybatga o‘xshaydi: u to‘g‘rida hamma gapiradi, ammo kamdan-kam kishi uning guvohi bo‘lgan”.
Frank Tibbets:
“Sevgi ko‘p narsani va’da qilmasa ham, sevib qolgan oshiq ko‘p narsaga qodir bo‘lib qoladi”.
Leonardo da Vinchi:
“Sevgi hech qachon keksaymaydi. Ehtimol kiprik to‘kilib soch oqarar, balki yonoqlardan nur ketib, ajin tushar, lekin sevgan yurak hech qachon kishining qahraton sovug‘ini his qilmaydi.”
Robert Injersol:
“Muhabbat yo‘q joyda mangu yashagandan ko‘ra, o‘lim hukmron yerda yashab, sevishni afzal bilaman”.
Baronez Orkzi:
“Sevgi yonimizdagi ayolning biz kabi yashayotgani va nafas olayotganini, biz kabi o‘ylab, quvonch-dardimizga sherik bo‘layotganini his qilishdir”.
Yapon xalq maqoli:
“Sevgi qalbga in qursa, oshiqqa mahbubasining husnbuzari ham kulgich bo‘lib ko‘rinadi”.
Josia Holland:
“Bu dunyoda erkak kishi egalik qila oladigan eng qimmatli narsa – ayol qalbidir”.
Ingliz tilidan Shuhrat Sattorov tarjimasi.