Agar hech qanday merosxo‘rlar bo‘lmasa yoxud merosxo‘rlardan hech qaysisi vorislik huquqiga ega bo‘lmasa yoxud ularning hammasi merosdan voz kechgan bo‘lsa, meros mol-mulk egasiz deb hisoblanadi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.
Meros mol-mulk meros ochilgan joydagi hokimlik yoki mahalla yig‘inining arizasi bo‘yicha meros ochilgan kundan e’tiboran uch yil o‘tganidan keyin sudning qarori asosida egasiz deb topiladi.
Egasiz mol-mulk u turgan joydagi mahalla yig‘inining mulkiga o‘tadi, bu organ mol-mulkdan voz kechgan taqdirda, davlat mulkiga o‘tadi.