Fortune jurnalining versiyasiga ko‘ra, Facebook kompaniyasining asoschisi va rahbari Mark Sukerberg yil ishbilarmoniga aylandi. 2015 yilda u mazkur jurnal versiyasida Nike rahbari Mark Parkerdan keyin ikkinchi o‘rinni band qilgan edi.
Jumladan, jurnalda bu borada shunday yoziladi: “Bu yilgi tanlov natijasida 32 yosh bo‘lishiga qaramay, 375 mlrd dollar turadigan va taxminan 1,8 milliard foydalanuvchilarga ega kompaniyani barpo etishga ulgurgan, Facebook asoschisi Mark Sukerberg yil ishbilarmoniga aylandi!”.
Facebook kompaniyasining 2016 yil 3 choragidagi umumiy daromadi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 56%ga oshdi va 7,01 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. Sof foyda esa 166%ga ko‘tarilib, 2,3 mlrd AQSh dollariga teng bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqning auditoriyasi 16%ga ko‘payib, 1,79 mlrd odamni tashkil qildi (1 milliardga yaqin odamlar tarmoqqa mobil qurilmalar orqali kiradi).
Jurnal reytingida ikkinchi o‘rin Amazon asoschisi Jeff Bezosga nasib qildi. Kuchli uchlikka Ulta Beauty firmasining rahbari Meri Dillon yakun yasadi.