Bilasizmi?

Kiyimlardagi etiketkalar "tilga" kirganda

Kundalik kiyim-kechak xaridlarida kiyim etiketkalariga qay darajada e’tibor berasiz? Ishlab chiqaruvchilar bu etiketkalar bilan mahsulotga oid bo‘lgan bir qancha ma’lumotlarni chop etishini bilasizmi? Agar ilgari kiyim etiketkalariga e’tibor bermagan bo‘lsangiz, bundan keyin ularga e’tiborliroq bo‘lishni maslahat beraman.

Sotib olayotgan kiyimingizning etiketkalari mahsulotga tegishli bo‘lgan ko‘plab sirlarni sizga aytib berishi mumkin. Bu esa ushbu kiyimdan uzoq vaqt sifatli va chiroyli ko‘rinishda foydalanishingizga zamin yaratadi.

Kiyim etiketkasidagi barcha belgilarni shartli ravishda beshta kategoriyaga ajratish mumkin:

  • Yuvish
  • Tozalash va oqartirish
  • Quritish
  • Dazmollash
  • Kimyoviy tozalash

Yuvish bo‘yicha etiketkalarda berilgan ko‘rsatmalar:

 1 — yuvish mumkin emas
 2 — faqat qo‘lda yuvish mumkin (yuvish vaqtida suv miqdori ko‘p, harorati 40o C gacha bo‘lishi, ehtiyotkorlik bilan yuvish, yoyish va quritish lozim)
 3 — 30° C dan past haroratdagi suvda yuvish kerak, yoyish va siqish odatdagidek
 4 —  yuvish vaqtida suv harorati 40° C dan baland bo‘lmasligi kerak; belgi ostidagi chiziq esa yuvish va quritish vaqtida ehtiyotkorona harakat qilishni ifodalaydi
 5 — yuvish vaqtida suv harorati 50° C dan baland bo‘lmasligi kerak; belgi ostidagi ikkita chiziq esa yuvish vaqtida o‘ta ehtiyotkorona harakat qilishni, yuvib bo‘lgach tezroq yoyishni va ehtiyotkorlik bilan siqish yoki umuman siqish kerak emasligini ifodalaydi

 Dazmollash bo‘yicha etiketkalarda berilgan ko‘rsatmalar:

 6 — dazmollash mumkin emas
 7 — maksimal issiqlikda dazmollash (200° C atrofida, odatda paxta va kanopdan tikilgan mahsulotlar uchun)
 8 — o‘rtacha issiqlikda dazmollash (taxminan 150° C, odatda junli, ipak, poliyestra, viskozali kiyimlar uchun), nam mato ustidan dazmollash va bug‘dan foydalanish mumkin.
 9 — past haroratli issiqlikda bug‘ ishlatmasdan dazmollash (110° C dan yuqori emas, bular odatda  arkilat, neylon, atsetat matodan tayyorlangan kiyimlarga tegishli)
 10 — bug‘dan foydalanish mumkin emas

 Syentrifugadan (quritish mashinasi) foydalangan holda siqish va quritish bo‘yicha etiketkalarda berilgan ko‘rsatmalar:

 11 — sentrifuga mashinasi orqali quritish mumkin (umumiy belgi)
 12 — ohista rejimda mashina quritish
 13 — quritish mashinasida odatdagicha va istalgan muddatda quritish
 14 — sentrifugada quritish mumkin emas (faqat qo‘lda siqish lozim)
 15 — kiyimni qo‘lda aylantirib siqish mumkin emas

 Odatdagi quritish bo‘yicha etiketkalarda berilgan ko‘rsatmalar:

 16 — gorizontal tekislikda qutirish
 17 — siqmasdan quritish
 18 — dorda vertikal holatda quritish
 19 — soyada quritish
 20 — soya joyda gorizontal holatda quritish
 21 — soya joyda siqmasdan quritish
 22 — soya joyda vertikal holatda qutirish

 Oqartirish bo‘yicha etiketkalarda berilgan ko‘rsatmalar:

 23 — istalgan oqartirgich bilan oqartirish
 24 — oqartirish mumkin emas (hozirgi kunda ishlatilayotgan belgi)
 25 — faqat xlorli oqartirgichdan foydalanish
 26 — xlorsiz oqartirgichdan foydalanib oqartirish
 27 — oqartirish mumkin emas (yeskirgan belgi)

 Kimyoviy tozalash bo‘yicha etiketkalarda berilgan ko‘rsatmalar:

 28 — kimyoviy tozalash tavsiya qilinmaydi
 29 — istalgan eritma bilan quruq kimyoviy tozalash
 30 — turli uglevodorodlar, tetraxloretilen, monoftortrixlorpentan va boshqa eritmalardan foydalanib quruq kimyoviy tozalash
 31 — turli uglevodorodlar, tetraxloretilen, monoftortrixlorpentan va boshqa eritmalardan foydalanib ehtiyotkorona quruq kimyoviy tozalash
 32 — turli uglevodorodlar, tetraxloretilen, monoftortrixlorpentan va boshqa eritmalardan foydalanib o‘ta ehtiyotkorona quruq kimyoviy tozalash
 33 — triftortrixloretan va uayt-spirtdan foydalanib quruq kimyoviy tozalash
 34 — triftortrixloretan va uayt-spirtdan foydalanib yumshoq rejimda quruq kimyoviy tozalash
 35 — triftortrixloretan va uayt-spirtdan foydalanib o‘ta yumshoq quruq kimyoviy tozalash
 36 — nam kimyoviy tozalash
 37 — ehtiyotkorona nam kimyoviy tozalash
 38 — o‘ta ehtiyotkorona nam kimyoviy tozalash
 39 — nam kimyoviy tozalash mumkin emas
 40 — nam kimyoviy  tozalash mumkin emas (alternativ belgi)

Yuqoridagi belgilar kiyimlarda uchraydigan asosiy etiketka belgilari bo‘lib, ayrim davlatlarda (AQSh, Kanada) ishlab chiqarilgan kiyimlardagi etiketkalarda farqlar yoki qo‘shimchalar bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari quyidagi tavsiyalar kiyim xarid qilayotganingizda sizga yordam berishi mumkin:

  • Odatda beldan yuroqi qism uchun mo‘ljallangan kiyimlarda etiketkalar kiyimning chap ichkari tomoniga, shimlarda esa old chap ichkari tomoniga tikiladi.
  • Etiketkada kiyim qanday mahsulotdan tikilganligi, agar bir necha mashulotlardan foydalanilgan bo‘lsa ularning foizi, yuvish, quritish, dazmollashga oid belgilar va ishlab chiqaruvchi korxona yoki davlat ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
  • Agar etiketkadagi belgilar beshtadan kam bo‘lsa bunday mahsulotni sotib olishni tavsiya qilmayman, chunki ular odatda ishonchli va sifatli bo‘lmaydi.
  • Etiketkalar sifatli matodan tayyorganligi (yuvgan vaqtda undagi ranglar o‘chib ketmasligi uchun), kiyimga chiroyli tarzda biriktirilganligiga e’tibor bering, agar ular qiyshiq, sifatsiz biriktirilgan bo‘lsa yoki butunlay bo‘lmasa bu kiyimni xarid qilmaganingiz ma’qul.

Kiyimlaringiz sizga uzoq va sifatli xizmat qilishi avvalo ularni to‘g‘ri tanlab xarid qilishingizga, shundan so‘ng ularni to‘g‘ri tozalash va saqlashingizga bog‘liq. Xaridingiz ko‘ngilli va mazmunli o‘tsin.

Baxtiyor ShERALIYeV