Bilasizmi?

Jizzaxdagi investitsion forumda 800 million dollarga teng shartnoma va memorandumlar imzolandi

Joriy yilning 29-30 avgust kunlari Jizzax viloyatida bo‘lib o‘tgan Xalqaro investitsion forum yakuniga ko‘ra, umumiy qiymati 800 milllion dollarga teng 28ta shartnoma va 3ta memorandum imzolangan. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, erishilgan hamkorlik kelishuvlarining 600 million dollarga teng miqdori mamlakatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritilayotgan sarmoya hisoblanadi. Xorijiy hamkorlar bilan erishilgan kelishuvlar viloyatning qurilish materiallar ishlab chiqarish, farmatsevtika, tayyor teri mahsulotlarini qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va tayyorlash, transport va mehmonxona, turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan.

Dunyoning 175ta xorijiy kompaniya vakillari, jumladan «Shell Global Solutions INTL BV», « Fives Group – Fives Stein» , «Huasin Cement»,  «CIRI», «DAL Teknik Makina Ticaret ve Sanayi Anonim Sirketi», «Bay Tea Group» kabi nomdor kompaniyalar ishtirok etgan forum yakuniga ko‘ra, 2018-19 yillarda 25ta mintaqaviy va 14ta sohaga oid biznes loyihalarni amalga oshirish belgilandi.