Bilasizmi?

Jek Ma Alibaba Group’ni o‘zining eng katta xatosi deb atadi

Internet savdo bilan shug‘ullanuvchi Alibaba Group asoschisi Jek Ma Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida qilgan chiqishida, umridagi eng katta xatosiga to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda Kun.Uz yozmoqda.

«Umrimdagi eng katta xatoim, Alibabaeni tashkil etganim bo‘ldi. U mening hayotimni shunchalik o‘zgartirib yuboradi, deb o‘ylamagandim. Men shunchaki, kichikroq bir kompaniyaga asos solmoqchi edim, ammo u yiriklashib ketdi», — degan Jek Ma.

Ma, shuningdek, unga yana bir imkoniyat berilganda, bunday biznes bilan hech qachon shug‘ullanmasligini aytgan.

«Xohlardimki, dunyoning istalgan mamlakatiga borib, u yerda tinchgina vaqtimni o‘tkazish imkoniyati bo‘lsa. Men biznes haqida gapirishniyam, ishlashni ham xohlamayman», — deb qo‘shimcha qilgan Ma.

Ma o‘zining eng asosiy orzusiga to‘xtalib, «dunyoning barcha korxonalarini birlashtiruvchi elektron yo‘lak barpo etish» ekanini aytgan. Avvalroq Jek Ma Rossiyaga kiberxavfsizlik sohasida hamkorlik qilishni taklif etgan edi.