[dropcap]O‘[/dropcap]ylab ko‘ring, hozir olib borayotgan ish faoliyatingiz sizga qanchalik yoqadi? Bu ishdan foyda ko‘rmasangiz ham uni davom ettirishga tayyormisiz? Agar siz o‘zingizga yoqmagan ishda faoliyat olib borayotgan bo‘lsangiz, bugungi maqola siz uchun! Bu qo‘llanma sizga bir haftada o‘z sevimli faoliyatingizni topish uchun yordamchi bo‘ladi, deb umid qilamiz.
Bugun biz nafaqat hayotda qanday qilib o‘z yo‘limizni topish, balki nima uchun bu bizga kerak va bundan qanday qilib har kungi hayotimizda foydalanishimiz mumkinligi to‘g‘risida gaplashamiz. Quyida siz yetti mashq bilan tanishasiz, har kuni bir mashqdan bajarishga harakat qiling va shunda bir hafta deganda o‘z baxt yo‘li xaritangizga ega bo‘lasiz!
1. Xayollaringizga erk bering! Birinchi qadam - bu tasavvur qilish! Sizning xayollaringiz siz uchun hayotiy afzalliklar va maqsadlaringizni ochib, ularni amalga oshirish uchun turtki bo‘ladi. [blockquote]Birinchi mashqni yengilroq kechirish uchun: qulay joylashib olib, o‘zingizni baxtli, to‘kin hayot kechirgan 100 yoshli xayolparast deb tasavvur qiling. Siz o‘z yutuqlaringizdan g‘ururlanasiz, kuchga to‘lasiz; atrofingizni sizni sevadigan, hurmat qiladigan va yengil suhbatdosh bo‘la oladigan insonlar qamrab olgan.[/blockquote] Tassavur qildingizmi? Endi qiziq va hayajonli hodisalarga boy, baxtli hayotingizni eslang. Nima bilan shug‘ullangan edingiz? Nimalar qilgan edingiz? Qayerda, qanday sharoitda? Kimlar siz bilan edi? Nimalarni his qilgan edingiz? O‘z hayot uslubingizni ta’riflab bering. Barchasini, o‘zingiz uchun zarur bo‘lgan butun hodisalarni.
Bularning barchasini yozib chiqing. Keyin esa tayyor matnni ovoz chiqarib o‘qing. O‘z hissiyot va ovozingizga e’tibor bering. Haqiqatdan ham shu xayollar chin bo‘lishini xohlaysizmi? Bajarib ko‘rishga tayyormisiz?
2. Barchasini eslang! O‘z yo‘limizni topishdagi keyingi qadam – amalga oshirilmagan xayollar ro‘yxatini tuzish. Barchasini eslang, hayotingizda hech bo‘lmasa bir bora bo‘lsa ham qilib ko‘rmoqchi bo‘lgan, hatto ko‘rinishidan amalga oshirish mumkin bo‘lmagan orzularni ham.
[blockquote]Yana qog‘oz-qalamni qo‘lga olib, xotiralaringizning ro‘yxatini tuzing. Kamida 10 banddan iborat bo‘lsin. Shoshilmang, qancha ko‘p bo‘lsa shuncha yaxshi – masalan 50 yoki 100 ta![/blockquote]
Bu ro‘yxatni uzoq vaqt saqlab qo‘ying. Vaqt o‘tishi bilan ro‘yxatdagi ba’zi bandlar o‘z-o‘zidan amalga oshganidan hayratda qolasiz. Bu mo‘jiza shunday ishlaydi! Lekin buyuk maqsadlar sizdan aniq harakatlarni talab qiladi.
3. O‘zingiz bilan ideal shartnoma tuzing! Endi taniqli insonlar o‘yinini o‘ynaymiz! O‘zingizni taniqli va talantli bir odamning o‘rniga qo‘ying. Sizga nima bilan shug‘ullanish, bunga qancha vaqt sarflash va qancha daromad ko‘rishni o‘zingiz belgilashingiz mumkin bo‘lgan shartnomani taklif qilishayapti.
Hayotda har bir o‘z yo‘lini topgan insonning shunday imkoniyati bor. Barcha to‘siq va cheklovlar sizning xayollaringizda. Ulardan qutulish kerak!
[blockquote]Qog‘oz-qalamni qo‘lga olib, yuksak shartnomalar ro‘yxatingizni tuzing. O‘tgan mashqdagi kabi eng ko‘p miqdorda bandlar tuzing (50-100-200…)[/blockquote]
Bu mashqni vaqti-vaqti bilan takrorlashga harakat qiling, chunki sizning istaklaringiz o‘zgarishi yoki yangilari qo‘shilishi mumkin. Bu ro‘yxat sizga ilhom berishi uchun takror o‘qib, qo‘shimchalar kiritib turish kerak.
4. Dunyoga qanday foyda keltirishni xohlaysiz? Shunday qilib, o‘z hayot yo‘limizni topishda dastlabki yutuqlarni qo‘lga kiritdik. Agar hali bunga erishmagan bo‘lsangiz, yuqoridagi mashqlarga qayting va ular ustida yana ishlang. Balki ro‘yxatingizdagi bandlarni ko‘paytirishga to‘g‘ri kelar? Barcha yozganlarimizning tahlili bilan mashqlar oxirida shug‘ullanamiz.
To‘trinchi qadam – atrofdagilar uchun qanday foydamiz tegayotganini tushunish. Ishoning, inson o‘z faoliyati boshqalarga ham foyda keltirgandagina o‘zini to‘liq baxtli his qiladi.
[blockquote]Quyidagi savollarga sidqidildan javob bering: “Nima uchun men bu ishni qilayapman?”, “Ishimning ahamiyati nimada?”, “Atrofdagilarga nima berayapman?”. Birinchi uch kunda yozgan ro‘yxatingiz bilan solishtiring. Har doimgidek, javoblaringizni qog‘ozga yozing.[/blockquote]
5. Sizni nima baxtli qiladi? Bu bosqichda xayollarimizni qog‘ozda qoldirib, haqiqatga qaytamiz. Beshinchi mashqda hayotiy tajribangizdan kelib chiqqan holda sizni nima baxtli qila olishini aniqlaymiz.
[blockquote]Barcha bo‘sh vaqtingizda qilgan ishlaringizni, o‘qigan, ishlagan joylaringizni eslang. Bu xotiralar sizda qanday hissiyotlarni uyg‘otdi? O‘sha paytda sizga nima ko‘proq yoqgan edi? Nima siz uchun yoqimli bo‘lgan edi? Ro‘yxatini tuzing![/blockquote]
Bu mashqning ikkinchi kungi mashqdan farqi: bunda hayotingizda boshingizdan kechirgan hodisalarni eslaysiz, ikkinchi bandda esa faqatgina orzularingiz ro‘yxatini tuzdingiz. Ya’ni bu mashqda o‘z hayotiy tajribangizni eslab, tahlil qildingiz.
6. Sizning o‘zingizga xosligingiz nimada? O‘z yo‘limizni topishdagi keyingi qadam – o‘ziga xosligimizning yorug‘ tomonlarini topish. Har bir insonning qandaydur iste’dodi bor, hatto buni o‘zi sezmasa va rivojlantirmasa-da.
[blockquote]Boshqalarga ko‘ra nimani yaxshiroq bajarasiz, o‘ylab ko‘ring. Qanday iste’dodlaringiz bor, sizning mahoratingiz nimada? Xayolingizga kelgan barcha fikrlarni qog‘ozga tushiring.[/blockquote]
Agar bu savollarga javob topishda qiylansangiz, yaqin atrofdagilaringizdan ajralib turadigan sifatlaringiz nimadalgini so‘rashga uyalmang.
7. Natijalarni tahlil qiling Yozganlarimizni tahlil qilish va ular orasidan “liderlarni” aniqlash vaqti keldi.
Bunda quyidagi bandlarga diqqatingizni qarating: 1. Qaysi bandlar turli ro‘yxatlarda bir necha bor qaytarilayapti? 2. Qaysi bandlar sizda kuchli istak to‘lqinini uyg‘otayapti? 3. Qaysilari siz uchun ayni paytda “hozir va shu yerda” eng muhim tuyulayapti?
Har bir ro‘yxatdan kamida 10 banddan tanlang va ularni 4 ko‘rstakich bo‘yicha bo‘lib chiqing: • Faoliyat doirasi • Faoliyat mohiyati • Bajarish shartlari • Lozim bo‘lgan malaka va sifatlar
Javoblarni yangi varaqga yozing va bunga birinchi mashqda yozilgan yuksak orzularingizni va to‘rtinchi mashqdan atrofdagilarga qanday foyda keltirmoqchi ekanligingiz haqidagi javoblarni qo‘shing. Rejalashtiring!
So‘ng ro‘yxat tuzib, tahlil qilingandan so‘ng, hozirda shug‘ullanayotgan faoliyatingizni baholang. Hozirgi faoliyatingiz qanchalik sizning moyilligingizga to‘g‘ri keladi? Agar hozirgi hayot tarzingizga to‘g‘ri kelmasa, unda o‘zingiz xohlagan, moyil bo‘lgan, baxtli hayot tomonga o‘zgarish rejasini tuzing.
[blockquote]Bu asta-sekinlik bilan o‘tuvchi o‘zgarish bo‘lishi mumkin. Balki ish yoki tijoratingizda barchasini boricha qoldirasiz-u, mashqlardan qilgan xulosangizni sevimli mashg‘ulot sifatida olib, o‘zingizni boshqa tomonlama yuksaltirarsiz?[/blockquote]
Bunda eng ahamiyatlisi – harakatni boshlash! O‘z rejangizni yozing va keyingi 24 soat ichida uni amalga oshirish uchun bir qadam tashlang. Keyinchalik natijalarga qarang, ularni tahlil qiling va kerakli qo‘shimchalar kiritib doimo olg‘a yuring.
Barcha harakatlaringiz natijasi bir necha oy yoki hatto yil ichida o‘zini ko‘rsatishi mumkin. Lekin siz hech qachon to‘xtamasligingiz kerak. Sizni yo‘l oxiridagi maqsadingiz emas, shu yo‘lning o‘zi bir baxt ekanligi ilhomlantirishi kerak. Hatto eng kichik natijadan ham zavq oling, axir buyuk va chiroyli uy ko‘plab kichik g‘ishtlardan qurilgan.