Bilasizmi?

Chimkent va O‘zbekiston chegarasi o‘rtasidagi yo‘l qismi pullik bo‘ladi

Qozog‘istondagi yo‘llarning uchastkasi 2020 yilda pullik bo‘ladi, deya xabar bermoqda Kun.uz.

Bu Rossiya-Aqto‘be-Qizilo‘rda, Taraz-Qaynar, Qizilo‘rda-Chimkent-Taraz, Chimkent-O‘zbekiston chegarasi kabi yo‘nalishlar bo‘ladi.

Hozirgi vaqtda to‘lovlarni yig‘ish tizimini o‘rnatish uzunligi qariyb 300 kilometr bo‘lgan Olmaota-Xorgos uchastkasida olib borilmoqda. Sentyabr oyida qurilish-montaj ishlarini to‘liq yakunlash, zarur uskunalarni o‘rnatish va sinov rejimida to‘lovlarni qabul qilib olish tizimini ishga tushirishni ta’minlash rejalashtirilgan.

Shuningdek, Qozog‘iston Investitsiyalar va rivojlanish bo‘yicha vazirligi bu yil yana 13ta uchastkada pullik harakatlanishni joriy etish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqmoqda, jumladan, G‘arbiy Yevropa-G‘arbiy Xitoy xalqaro yo‘lagi bo‘ylab ham. Ularning umumiy uzunligi 5 ming kilometrdan oshadi.

Narxlar Ostona-Shchuchinsk avtobanida o‘rnatilgan amaldagi tarifga o‘xshash bo‘ladi, u yerda avtohavaskorlar yengil transport uchun 1 kilometrga 1 tenge to‘laydilar hamda yuk transporti uchun bir kilometrga o‘rtacha 15 tenge to‘lanadi.