Bilasizmi?

Butun boyligini xayriyaga sarflagan 6 badavlat odam (fotojamlanma)

Bu odamlarning amallari kishini lol qoldiradi va hurmat tuyg‘usini uyg‘otadi. Hayotda juda ko‘p narsalarga erishgan bu badavlat insonlar boylik quliga aylanib qolmasdan, ularni osonlikcha muhtojlar bilan bo‘lishdi.

Ana shunday barcha pullarini tarqatganligiga qaramasdan, badavlatligicha qolgan kishilar bilan tanishing.

Olaf Ton – norvegiyalik milliarder.

Olaf Ton o‘zining butun boyligi (taxminan 6 milliard dollar)ni tibbiyot sohasidagi tadqiqotlarni moliyalashtirish uchun sarflashga qaror qildi. U hayoti davomida jamg‘argan pullarini foydali ishga sarflashni ma’qul topdi. «Baribir ularni o‘zim bilan olib keta olmayman», — deydi u.

Chak Fini – Duty Free asoschisi.

Fini o‘zining pullarini ko‘plab tashkilot va muassasalarga yashirin tarzda ehson qilgan. Ularni olayotganlarning ko‘pchiligi muruvvat ko‘rsatuvchining kimligini bilmagan. Unga qarashli The Atlantic Philanthropies fondi tomonidan ehson qilingan mablag‘ning jami miqdori 6,2 milliard dollarni tashkil etadi.

Vladislav Tetyuxin – yirik metallurgiya kompaniyasining sobiq egalaridan biri.

Sverdlovsklik oligarx 80 yoshida pullarini issiq o‘lkalardan o‘ziga villa sotib olish uchun sarflamadi. U o‘zining barcha aksiyalarini sotish evaziga to‘plangan 3,3 milliard rublga tibbiyot markazini qurdi. Kelajakda milliarder klinika xodimlari uchun mehmonxona va yangi uylar, talabalar uchun yotoqxona, transport bloki va vertolyot maydonchasini qurish niyatida.

Brain Berni – kadrlar tanlash va qurilish sohasidagi sobiq tadbirkor.

Bu millionerning xonadonida yuz bergan noxush hodisa uning bundan keyingi harakatlariga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Uning xotinida shifokorlar saraton xastaligini qayd etdi. Shundan so‘ng u boyligining asosiy qismini tibbiy mashinalar kolonnasini yaratishga sarfladi. Bu mashinalar Shimoliy Angliyadagi kichik qishloqlar bo‘ylab yurib, bemorlarga yuqori darajada tibbiy yordam ko‘rsatdi. Yillar davomida xastalik bilan kurashgan uning xotini esa sog‘ayib ketdi.

Shahzoda al-Volid – Saudiya Arabistoni qirollik oilasi a’zosi.

Yaqinda shahzoda butun davlatini ehson qilishini ma’lum qildi. U birinchi navbatda ayollar huquqi uchun kurashuvchi tashkilotlarga yordam berish, davolash qiyin bo‘lgan xastaliklarni o‘rganishni moliyalashtirish, tabiiy ofatlardan jabrlanganlarga yordam qo‘lini cho‘zishga qaror qildi.

Tim Kuk – Apple kompaniyasining bosh direktori.

Uning boyligi 800 million dollarga baholanmoqda. 54 yoshli tadbirkor o‘zining barcha boyligini xayr-ehson yo‘lida sarflashga qaror qildi.

Manba: Sof.uz