Bilasizmi?

Boyligi 78,5 milliard dollar bo‘lgan Uorren Baffetdan uch maslahat

Agar siz ko‘plab maxsus atamalar qo‘llaniladigan sohada ishlasangiz va soha murakkab konseptlar bilan bog‘liq bo‘lsa, turli auditoriyalar bilan muloqot qilish uchun o‘z atamalar boyligingizga ega bo‘lishingiz zarur, deb yozadi Daryo.uz. Berkshire Hathaway kompaniyasi rahbari, boyligi 78,5 milliard dollar miqdorida baholanayotgan milliarder Uorren Baffet yuqoridagi holatda quyidagi strategiyalarni qo‘llaydi.

Oddiy bo‘lish. Harvard Business Review nashri hal qilinishi kerak bo‘lgan muammoni aniqlashtirib olishni va har qanday imkoniyatdan foydalanib harakat qilishni taklif qiladi. Baffet Berkshire Hathaway aksionerlariga xat yozganda, yuqori sinf o‘quvchilari yoza oladigan darajada yozishga harakat qiladi.

Birinchi shaxsda gapirish. Ritorik savollar va kishilik olmoshlaridan foydalanib, auditoriyani mavzuga qiziqtirish mumkin.

Qanday gapirsangiz, shunday yozing. Odamlar robot tomonidan yozilganga o‘xshash qolipga solingan nutqni o‘qishni yoqtirmaydi. Baffetning sifatlari va taniqli uslubini eng oddiy moliyaviy arizalarda ham ko‘rish mumkin.