Bilasizmi?

Bill Geyts tasnifi bo‘yicha 2016 yilning eng yaxshi kitoblari

AQShning Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts o‘z videoblogida 2016 yilda unga juda ham ma’qul kelgan kitoblarni ma’lum qildi. Milliarder ularni bayram ta’tillari vaqtida mutoala qilishni tavsiya qilgan. Uning fikricha, kitob o‘qish yangi bilim olishning eng yaxshi usuli. Demak, tanishamiz, Bill Geyts 2016 yilda o‘qigan eng yaxshi kitoblar:

Devid Foster Uolles, "String Theory"

Amerikalik yozuvchi Devid Foster Uollesning tennis fizikasi va metafizikasi haqidagi kitobi. Muallif tennischi butun diqqat-e’tiborini sariq koptokchani raqib bo‘lmagan tomonga yo‘naltirishda nimalar sodir bo‘lishiga oid fikrlarini izhor qilgan. «Bu kitobni tushunish uchun tennisni yaxshi ko‘rish shart emas», — deb yozadi Geyts. Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, Uolles qalamiga mansub kitoblar Microsoft kompaniyasini boshqargan vaqtdan beri uning sevimli asarlaridir.

Fil Nayt, «Poyabzal sotuvchi»

Nike kompaniyasi asoschilaridan biri Fil Naytning kitobi. Tadbirkor kompaniya qanday tashkil etilgani, uning timsoli qanday paydo bo‘lgani, yutuq va kamchiliklari haqida so‘z yuritgan.

Siddxartxa Mukerji, "The Gene" 

Kelib chiqishi hindistonlik bo‘lgan amerikalik shifokor, olim va yozuvchi, Pulitser mukofoti sovrindori Siddxartxa Mukerji o‘zining yangi asarida vena tomiriga oid tibbiyotning o‘tmishi, hoziri va kelajagi xususida hikoya qilgan.

Archi Braun, "The Myth of the Strong Leader"

Britaniyalik siyosatshunos va tarixchi, Oksford universitetining siyosat bo‘yicha faxriy professori Archi Braun o‘z kitobida insoniyat rivojiga haqiqatdan ham ulkan hissa qo‘shgan rahbarlar haqida fikr yuritgan. Geyts AQShdagi prezidentlik saylovi natijasiga shama qilar ekan, bu kitobni o‘qish yanada ahamiyatli ekanini ta’kidlagan.

Gretxen Bakke, "Honorable mention: The Grid"

Bu asar elektr tarmog‘i qarishi haqida. Bake energiya tarmoqlarining strategik ahamiyatini izohlashga va nima uchun ular muhandislik g‘oyalarining eng ahamiyatlisi ekanini tushuntirishga urinadi. Nima uchun ularni modernizatsiya qilish murakkabligi hamda kelajak energiya tarmoqlari qanday ko‘rinishda bo‘lishi borasida o‘z taxminlarini ilgari suradi.

Manba: Kun.uz