Buyuk Britaniyadagi global qashshoqlikka qarshi kurashuvchi Oxfam xalqaro xayriya tashkiloti bir trillion dollar boylikka ega bo‘lgan ilk inson paydo bo‘lishi uchun 25 yil yetarli bo‘lishini taxmin qilmoqda. Bu haqida Sof.uz nashri yozmoqda.
Hisobot mualliflari fikricha, insoniyat tarixidagi ilk trillioner Maykrosoft asoschisi Bill Geyts bo‘lishi kutilmoqda. Bill Geytsning boyligi hozirgidek o‘sishda davom etsa, o‘zining 86 yoshida trillionerga aylanadi. Bill geyts bu ko‘rsatkichga 2042 yilda erishishi mumkin.
Dunyoning eng badavlat kishisi hisoblangan Geytsning boyligi 75 milliard dollarga baholangan. Bill gets Maykrosoft kompaniyasini tark etgan 2006 yilda bu ko‘rsatkich 50 milliard dollarga teng bo‘lgan. So‘nggi o‘n yil ichida uning daromadi 25 milliard dollarga ko‘paygan.
Avvalroq Oxfam tashkiloti dunyodagi eng boy 8 kishining boyligi dunyo aholisi yarmisi topayotgan daromadga tengligi haqidagi hisobotini e’lon qilgan edi. hisobotga ko‘ra, 2015 yilda dunyo aholisining bir foizini tashkil etuvchi eng badavlat kishilar qolgan 99 foiz aholining umumiy daromadidan ko‘proq boylikka egalik qilgan.