O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov mamlakat paxta xom ashyosi savdosini o‘n martaga kamaytirganini ma’lum qildi.
«Agar avvallari paxta xom ashyosi savdosidan bir milliard ikki yuz million dollar daromad ko‘rgan bo‘lsak, hozirgi kunga kelib uch oy ichida paxta xom ashyosini 35 million dollarga sotdik», — deydi u.
Paxta xom ashyosini chet elga sotishning o‘n martaga kamaytirilishi mahalliy sanoatda tub burilish yasadi, deyiladi xabarda.
«Mingdan ortiq to‘qimachilik korxonalari 2017 yilda qiymati 3,7 milliard AQSh dollaridan ko‘proq mahsulot ishlab chiqardi», — deydi Adham Ikromov.
Qayd etilishicha, mazkur korxonalar tomonidan 1 milliard 570 million dollarlik mahsulotlar eksportga yo‘naltirilgan.