Bilasizmi?

15 sentyabrdan "buxanka" non erkin bozor narxi bo‘yicha sotiladi

15 sentyabrdan bir kilogramm 1-nav bug‘doy unining ulgurji narxi 1 400 so‘m etib belgilandi. Qolipli (“buxanka”) non erkin bozor narxi bo‘yicha (hozirda narx davlat tomonidan tartibga solingan) sotiladi, debxabar beradi "Huquqiy axborot" kanali.

Bu "Mamlakatimiz aholisini va iqtisodiyot tarmoqlarini raqobat va bozor mexanizmlarini joriy etish asosida don, un va non bilan ishonchli ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Hukumat qarorida ko‘zda tutilgan.

Qarorga muvofiq aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga 2018 yil 1 oktyabrdan boshlab un va qolipli non olish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi (18 400 so‘m) miqdorda kompensatsiya to‘lovi to‘lab beriladi.