Bilasizmi?

Barcha erkaklar uchun ellik foydali maslahat

Tuxum qovurishdan jismoniy mashqlargacha, ayollar bilan munosabatdan tortib bo‘yoq shyotkasigacha biz erkaklar uchun foydali maslahatlardan elliktasini ushbu maqolada jamladik.  Marhamat o‘qing, bilib qo‘ying va fikr bildiring.

[дропсап тйпе="сқуаре"]1[/дропсап] Kamar uzunligi bel aylanasidan besh santimetr uzunroq bo‘lishi kerak va uchinchi teshikchaga qadalishi zarur. Uning rangi esa oyoq kiyimi rangi bilan mos bo‘lishi lozim.

[дропсап тйпе="сқуаре"]2[/дропсап] Og‘ir yoki yirik hajmli buyum ko‘targan har qanday yoshdagi ayollarga yordam berish kerak. Ammo ayollar sumkachasi, yengil shuba yoki manto bundan mustasno. Bu buyumlarni faqatgina ayollar salomatligi yomonlashib, ularni o‘zi mustaqil ko‘tara olmagandagina olib yurish mumkin.

[дропсап тйпе="сқуаре"]3[/дропсап] Jismoniy mashg‘ulotlarni qanchalik sekin bajarsangiz, mushak tolalari unda shunchalik ko‘p ishtirok etadi va ular yanada yiriklashadi.

[дропсап тйпе="сқуаре"]4[/дропсап] Yelkangiz qancha keng bo‘lsa, ko‘ylak yoqasi ham, galstuk eni ham shunga mos ravishda keng bo‘lishi kerak.

[дропсап тйпе="сқуаре"]5[/дропсап] Yurak xastaliklari alomatlari — og‘riqlar, ko‘krak qismidagi og‘irliklarga beye’tibor bo‘lmang, darhol shifokor ko‘rigidan o‘ting.

[дропсап тйпе="сқуаре"]6[/дропсап] Hammaning ko‘nglini olishga urinmang. Birovlarning fikri siz uchun birinchi darajali bo‘lmasin. O‘zingiz istagan ishni qilishdan tortinmang.

[дропсап тйпе="сқуаре"]7[/дропсап] Uzun latifalar aytishdan tiyiling.

[дропсап тйпе="сқуаре"]8[/дропсап] Shimda yurganingizda shim pochasi paypoqlar ko‘rinadigan darajada kalta bo‘lmasligi kerak.

[дропсап тйпе="сқуаре"]9[/дропсап] Ishga kirish uchun suhbatga eng maqbul kun — dushanba. Eng yomon vaqt esa kun oxirlab qolgan mahali.

[дропсап тйпе="сқуаре"]10[/дропсап] Pomidor rangini qizil qilishga xizmat qiluvchi likopin birikmasi prostata bezi saratoni xavfini kamaytirib, uni davolashga ham yordam beradi.

[дропсап тйпе="сқуаре"]11[/дропсап] Birinchi qoida: vahima qilma! Ikkinchi qoida: shoshma! Uchinchi qoida: birinchi va ikkinchi qoidaga qaralsin.

[дропсап тйпе="сқуаре"]12[/дропсап] Ayollarga ularni qiziqish bilan tinglaydigan erkaklar ko‘proq yoqadi.

[дропсап тйпе="сқуаре"]13[/дропсап] Erkaklar organizmida turli mushaklar mavjud: bilak, ko‘krak, qorin (press) va hakozo. Biroq eng asosiy mushak doimo e’tiborsiz qoldiriladi. Yurak – boshqa mushaklar bilan bir xil xususiyatga ega. Siz uni ham kuchli va chidamli, e’tiborsiz qoldirgan taqdiringizda esa zaif qilishingiz mumkin. Tanlash huquqi sizda.

[дропсап тйпе="сқуаре"]14[/дропсап] Shimning orqa cho‘ntagiga qalin karmon solib yurish “pastki qavat”larga javobgar bo‘lgan quymuch (dumda) asab tolalarini zararlaydi. Bu esa birinchi navbatda bel og‘rig‘ini keltirib chiqaradi.

[дропсап тйпе="сқуаре"]15[/дропсап] Har kuni bir dona banan iste’mol qilsangiz, uning tarkibidagi kaliy moddasi qon tomirlari devorlariga xolesterin to‘planishiga to‘sqinlik qiladi.

[дропсап тйпе="сқуаре"]16[/дропсап] Har kuni jismoniy mashqlar qilsangizu keraklicha uxlamasangiz — hammasi bekor. Kuniga sakkiz soatdan kam uxlamang. Agar ko‘proq jismoniy shug‘ullansangiz, 9 soatlik uyqu katta foyda keltiradi.

[дропсап тйпе="сқуаре"]17[/дропсап] Saraton kasalligining oldini oluvchi o‘nta mahsulot, bular — brokkoli, pomidor, ismaloq, apelsin, sarimsoq piyoz, olma, soya doni, sabzi, ko‘k choy, qora uzum.

[дропсап тйпе="сқуаре"]18[/дропсап] Muntazam jinsiy aloqa (bir nafar sog‘lom sherik bilan) immunitetni mustahkamlaydi.

[дропсап тйпе="сқуаре"]19[/дропсап] Avtomobilda burilish uchun kutayotgan bo‘lsangiz, g‘ildiraklarni to‘g‘riga qaratib qo‘yganingiz ma’qul. Orqadan biror befahm turtvorsa, boshqa qatorga o‘tib, yanada og‘irroq holga tushishdan saqlanasiz.

[дропсап тйпе="сқуаре"]20[/дропсап] Har kuni ikki dona olma iste’mol qilsangiz, katta imkoniyat bilan yiliga 5 kg ozasiz.

[дропсап тйпе="сқуаре"]21[/дропсап] Ro‘molchaga burningizni qoqqaningizdan keyin uni aslo tekshira ko‘rmang. Aks holda boshqalar ko‘ziga juda xunuk ko‘rinasiz.

[дропсап тйпе="сқуаре"]22[/дропсап] Avtomobilingizni iloji bo‘lsa manzilingizdan uzoqroqda qoldiring. Bu sizga ko‘proq piyoda yurishga xizmat qiladi.

[дропсап тйпе="сқуаре"]23[/дропсап] Har qanday kiyimni sovuq suvda chaysangiz, ishingiz osonlashadi.

[дропсап тйпе="сқуаре"]24[/дропсап] Agarda sizni maqtashayotgan bo‘lsa, shunchaki “rahmat” ayting, kam ham, ortiqcha ham gapirmang.

[дропсап тйпе="сқуаре"]25[/дропсап] Och bo‘lsangiz, xarid qilishga chiqmaganingiz ma’qul. Har doim ortiqcha narsalar sotib olasiz.

[дропсап тйпе="сқуаре"]26[/дропсап] Avtomobilingizda odeyal, yoritkich (fonar) va zaxira batareyka olib yuring.

[дропсап тйпе="сқуаре"]27[/дропсап] Hech qachon vaqt yetishmayotganidan nolimang. Eynshteyn, Geyts yoki Sorosda ham sizda qancha bo‘lsa, o‘shancha vaqt bo‘lgan.

[дропсап тйпе="сқуаре"]28[/дропсап] Klassik rangdagi (qora, ko‘k, kulrang) toza jundan tayyorlangan yengil kostyumni yil o‘n ikki oy kiyib yurish mumkin.

[дропсап тйпе="сқуаре"]29[/дропсап] Liftga erkaklar birinchi kirishlari, chiqayotganda esa ayollarni o‘tkazib yuborishlari kerak.

[дропсап тйпе="сқуаре"]30[/дропсап] Yangi xarid qilgan oyoq kiyimi oyoqlaringizga qattiq tegayotgan bo‘lsa, uning ichiga qo‘l uchun mo‘ljallangan kremdan surting. Shunda u ancha mayinlashadi.

[дропсап тйпе="сқуаре"]31[/дропсап] Ish kostyumingizda uchta tugma bo‘lsa, tepadagisini ba’zida, o‘rtadagisini har doim taqib yuring, pastki tugmani esa didsizlargina qadab yuradi.

[дропсап тйпе="сқуаре"]32[/дропсап] Restoranga erkak kishi birinchi bo‘lib kiradi. Agarda restoranda shveytsarlar ishlasa, u holda erkak kishi ayolni o‘tkazib yuborishi lozim.

[дропсап тйпе="сқуаре"]33[/дропсап] Yo‘ltanlamas avtomobil haydovchilariga kostyum-shim kiyish mutaxassislar tomonidan tavsiya qilinmaydi. Axir bunday avtomobillar ko‘ngilli xordiq chiqarish uchun mo‘ljallangan.

[дропсап тйпе="сқуаре"]34[/дропсап] Doimo kompyuterda ishlovchi erkaklar! Har 45 daqiqadan so‘ng o‘rnigizdan turing, xona bo‘ylab yuring yoki tashqariga chiqib, toza havodan nafas olib keling. Sizning sog‘lig‘ingiz ishingizdan afzalroq va qimmatroq ekanini unutmang!

[дропсап тйпе="сқуаре"]35[/дропсап] Ayollarga taqinchoq sotib olmoqchi bo‘lgan erkaklar unga son mingta savollarni berishlari shart emas. Shunchaki uning kiyim jovoni(kiyinishiga)ga diqqat qaratsa kifoya.

[дропсап тйпе="сқуаре"]36[/дропсап] Chekuvchi erkaklar tez-tez sabzi iste’mol qilib yurishlari foydadan holi bo‘lmaydi. Chunki bu mahsulot tarkibidagi beta-karotin va E vitamini o‘pka faoliyatini yaxshilaydi, saratonni keltirib chiqaruvchi erkin radikallarga qarshi kurasha oladi.

[дропсап тйпе="сқуаре"]37[/дропсап] Muvaffaqiyatga erishish uchun o‘zingizga “Nima sababdan menda o‘xshamayapti?” degan savol o‘rniga “Nima qilsam menda o‘xshaydi? deya savol berishni o‘rganing.

[дропсап тйпе="сқуаре"]38[/дропсап] Qovurilgan tuxum (omlet) ko‘pchib chiqishi uchun aralashtirishdan avval 1-2 osh qoshiq sovuq suv solib yuboring.

[дропсап тйпе="сқуаре"]39[/дропсап] Olimlarning fikriga ko‘ra, odatlarning shakllanishi uchun o‘rtacha 66 kun kerak. Demak, siz ertalab yugurish, kechki sayr yoki boshqa biror foydali yumushni odatga aylantirmoqchi bo‘lsangiz, kamida ikki oy sabr qilishingiz kerak.

[дропсап тйпе="сқуаре"]40[/дропсап] Jismoniy mashg‘ulotlar vaqtida mushaklar bir ishni qanchalik ko‘p marta bajarsa, ularda ishtirok etuvchi mushak tolalari soni shunchalik kamayib boradi. Behuda zo‘riqishni yo‘qotish uchun esa u yoki bu mushaklar uchun mashg‘ulotlarni tez-tez o‘zgartirib turish lozim.

[дропсап тйпе="сқуаре"]41[/дропсап] Ovqatlanish ratsioningizga ko‘proq meva va sabzavotlar kiriting, kunida eng kamida 1,5-2 litr toza suv ichishni kanda qilmang.

[дропсап тйпе="сқуаре"]42[/дропсап] Jismoniy mashg‘ulotlar haftasiga uch martadan oshmasligi kerak. Shuningdek, mashg‘ulotlar vaqtini ham 40-45 daqiqadan oshirib yubormang.

[дропсап тйпе="сқуаре"]43[/дропсап] Kompyuteringizga sichqoncha tanlayotganda uning hajmi kaftingizga mosligiga e’tibor qarating. Barmoqlaringiz erkin holatda turganda ham sichqoncha bilan ishlash imkoni bo‘lishi, uni ushlab turish uchun ortiqcha kuch talab etilmasligi kerak. Aks holda qo‘lingiz tezda toliqib qoladi.

[дропсап тйпе="сқуаре"]44[/дропсап] Quyuq ovqatlarni teshik kulcha shaklida isitsangiz, tezroq isiydi.

[дропсап тйпе="сқуаре"]45[/дропсап] Devor teshayotganda zarralar polga tushmasligi uchun stikerdan foydalanishingiz mumkin. Buning uchun stikerning pastki qismini yuqoriga qaratib qayirib qo‘yasiz.

[дропсап тйпе="сқуаре"]46[/дропсап] Devorga mix qoqayotganda qo‘lingizni urib olmaslik uchun kiyim qistirgichidan foydalab, mixni to‘g‘ri tutib turishingiz mumkin.

[дропсап тйпе="сқуаре"]47[/дропсап] Yoqangizni dazmol qilishda ayollar soch dazmolidan ham foydalanish mumkin.

[дропсап тйпе="сқуаре"]48[/дропсап] Charmdan tayyorlangan tuflingizni tozalab, yaltiratmoqchi bo‘lsangiz, unga zaytun moyini surting va yaxshilab arting.

[дропсап тйпе="сқуаре"]49[/дропсап] Shaxsiy avtomobildagi eng obro‘li joy — haydovchi yonidagi o‘rindiq hisoblanadi. Taksida esa haydovchining orqa diagonal tomonidagi o‘rindiq. Demak, ota-onangiz, ustozlar yoki hurmatli mehmonlarni ana shu o‘rindiqqa o‘tqazing.

[дропсап тйпе="сқуаре"]50[/дропсап] Bo‘yoq idishidan ortiqcha bo‘yoq oqib ketmasligi uchun, bo‘yoq idishning o‘rtasidan (ko‘ndalangiga) rezinka o‘tkazib oling va bo‘yoq shyotkadagi ortiqcha bo‘yoqni o‘sha rezinkaga surtib olasiz. Shunda ortiqcha bo‘yoq tashqariga emas, idish ichiga tushadi.

Albatta erkaklar uchun foydali bo‘lgan maslahatlar yuqoridagi 50 maslahat bilan cheklanib qolmaydi. Sizda ham erkaklar uchun foydali maslahatlaringiz bo‘lsa quyida biz bilan ham baham k’oring.